O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga rahbarlar saylandi
Jamiyat
−
25 may 2019
5630O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining video muloqot tarzida o‘tkazilgan III konferensiyasi ishtirokchilari bu vazifani o‘zaro maslahatlashgan holda bajardilar. Unda hududlardan mingga yaqin vakillar va turli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA nashri xabar tarqatdi.
Hozirga qadar O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasini bajarib kelgan Xaitov Aktam Axmadovich rais lavozimiga saylandi.
Raisning birinchi o‘rinbosari etib Po‘latov Jahongir Baxtiyorovich saylandi.
Rais o‘rinbosari etib Nabijanov Farhod Isroilovich saylandi.
Rais o‘rinbosari etib Kushanov Faxriddin Ne’matullayevich saylandi.
Shuningdek, hozirga qadar viloyat kengashlarida vazifasini bajaruvchi bo‘lib faoliyat yuritib kelayotgan raislarning hammasi ovoz berish yo‘li bilan o‘z vazifasiga saylandi. Endi ularga nisbatan vazifasini bajaruvchi iborasi qo‘llanmaydi.
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining video muloqot tarzida o‘tkazilgan III konferensiyasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi Vaxabov Abrol Jabbarovich ishtirok etdi.