O‘zbekiston Eronga qarshi ko‘k libosda o‘ynaydi
Sport
−
24 mart
2437O‘zbekiston milliy terma jamoasi 25 mart kuni JCH-2026 saralashi doirasida Eronga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Bugun, 24 mart kni ushbu bahs oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
OFK tomonidan ishtirokchilarga o‘yinga oid bir qator masalalar, xususan, marketing, tibbiyot va xavfsizlik yo‘nalishlari yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib o‘tildi.
O‘zbekistonlik futbolchilar mazkur bahsda to‘liq ko‘k, darvozabon esa yashil libosda harakat qiladigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron-O‘zbekiston o‘yinida kim hakamlik qilishi ma’lum bo‘lgandi.