O‘zbekiston, Eron va Turkmaniston tranzit yo‘lagi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi

Jamiyat

image

Eron, O‘zbekiston va Turkmaniston vakillari xalqaro tranzit yo‘lagi yaratish istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi xabar berdi.

Joriy yilning 31 iyul kuni tomonlar uchrashuvda O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron hukumatlari o‘rtasida xalqaro transport yo‘lagini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim imzolashni jadallashtirish, Eron hududida xalqaro avtotransport qatnovlarida milliy tashuvlardan undiriladigan yig‘imlar miqdorini kamaytirishni muhokama qilgan.

Shuningdek, eksport va import yuklari uchun “Bandar-Abbos” va “Chobahor” portlaridan foydalanish imkoniyatlari hamda O‘zbekiston-Afg‘oniston-Eron xalqaro transport yo‘nalishini rivojlantirish masalalari o‘rtaga tashlangan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 24 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyonni qabul qilganda “Chobahor” va “Bandar-Abbos” portlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Eron Turkmaniston tranzit yo'lagi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing