O‘zbekiston-Eron o‘yinini rossiyalik hakamlar boshqaradi
Sport
−
19 iyun 2023 11330
Futbol bo‘yicha “CAFA Nationʼs Cup” turniri bahslari nihoyalamoqda. Ertaga, 20 iyun kuni musobaqaning final o‘yini o‘tkaziladi. Finalda O‘zbekiston va Eron terma jamoalari ishtirok etadi.
Final bahsini rossiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam Kirill Levnikovga hamyurtlari Andrey Vereteshkin va Egor Bolhovitin yordam beradi.
Hal qiluvchi o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari oq rangli libosda harakatlansa, eronlik futbolchilar qizil libosda to‘p tepadi.
O‘zbekiston-Eron o‘yini “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs soat 20:30 da start oladi.
Live
Barchasi