O‘zbekiston Eron bilan bahs oldidan yo‘qotishga uchradi
Sport
−
02 Oktabr
36992Futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionatining 3-saralash bosqichida o‘ynayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron bilan bahsda "Paxtakor" a’zosi Abdurauf Bo‘riyev xizmatlaridan foydalana olmaydi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Gap shundaki, termadan chaqiruv olgan 22 yoshli yarim himoyachi Abdurauf Bo‘riyev jarohati sababli bu galgi yig‘inda ishtirok etolmagan va uning o‘rniga jamoaga “Paxtakor” futbolchisi Muhammadqodir Hamraliyev jalb etilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 10 oktyabr kuni saralashning 3-turi doirasida Eronning o‘zida qabul qiladi, 15 oktyabr kuni esa BAA Toshkentda mehmon bo‘ladi. Har ikki uchrashuv soat 19:00 da boshlanishi belgilangan.