O‘zbekiston elchisi Niderlandiya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi

Jamiyat

image

Qarorgohi Bryusselda joylashgan O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi G‘ayrat Fozilov 4 dekabr kuni Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandrga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.

Bildirilishicha, marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbatda O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari muhokama qilingan. Qirol Villem-Aleksandr O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy salomi va tilaklarini yetkazgan.

Qirol, shuningdek, Niderlandiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dinamik xususiyatini mamnuniyat bilan qayd etib, turli darajadagi muntazam siyosiy aloqalar, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik faollashganiga alohida e’tibor qaratgan.

“Niderlandiyaning mazkur tarmoqlardagi boy tajribasini hisobga olgan holda, savdo-iqtisodiy hamkorlik, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi, suv resurslaridan samarali foydalanish, ilg‘or texnologiyalar va innovatsiyalar sohasida o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi missiyasi rahbari, elchi G‘ayrat Fozilov 14 noyabr kuni Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishelga o‘zining ishonch yorliqlarini topshirgan. 2024 yil 7 fevral kuni esa O‘zbekiston elchisi G‘ayrat Fozilovning Belgiyaliklar qiroli Filippga ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Rahmatulla Nurimbetov Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustavga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

ishonch yorliqlari Niderlandiya G'ayrat Fozilov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing