O‘zbekiston dzyudo federatsiyasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Sport

image


Jahonning uch karra chempioni, Afina-2004 Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, gretsiyalik Ilias Iliadis 17 dekabrdan boshlab O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi bilan shartnoma imzoladi. 

MOQning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi va gretsiyalik Ilias Iliadis o‘rtasida 2020 yilning oktyabriga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo qo‘yildi.

Ma’lumot o‘rnida: Ilias Iliadis 1986 yil 10 noyabr kuni tavallud topgan. 17 yoshidayoq Afina-2004 Olimpiadasi chempionligini qo‘lga kiritgan, London Olimpiadasi sovrindori va 3 karra jahon chempioni.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Iliadis boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borish uchun Gruziyaga jo‘nab ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

94

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing