O‘zbekiston dramatik bahsda Peruni mag‘lub etdi
Sport
−
07 yanvar 16993 1 daqiqa
Italiyada davom etayotgan “Kings League” turniri doirasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan “Anvonted Boys” jamoasi uchinchi raundda Peruni 5:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘zbekiston media futbol terma jamoasi ushbu o‘yinda g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi. Murosasiz kechgan o‘yinda dastlab o‘zbekistonliklar 3:0 hisobida oldinga chiqib oldi. O‘yin oxirida Peru vakillari 3:4 hisobida kambek qayd etdi. Shunga qaramay, o‘yin tugashiga bir necha soniya qolganda O‘zbekiston media jamoasi gol urib, g‘alabani ilib ketdi. Endi O‘zbekiston vakillari chorak final bosqichida kolumbiyaliklar bilan kuch sinashadi.
Ma’lumot o‘rnida, Jerar Pike tashkilotchiligidagi turnir 12 yanvarga qadar davom etadi. Finalga Turin shahridagi “Yuventus” klubining “Alyans” stadioni mezbonlik qiladi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr