O‘zbekiston delegatsiyasi Olimpiadaga yo‘l oldi

Sport

image

O‘zbekiston delegatsiyasi Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun Italiyaga yo‘l oldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, saralash sikli yakuniga ko‘ra, Dmitriy Chigiryov hamda Yekaterina Geynish figurali uchishning juftlik, Medet Nazarov tog‘ chang‘isining slalom va gigant-slalom, Daniil Yeybog short-trekning 500 metr masofaga yugurish yo‘nalishlarida Olimpiada yo‘llanmalariga sazovor bo‘lgan. Biroq, Olimpiadaga tayyorgarlik jarayonida Dmitriy Chigiryov jarohat olib, musobaqagacha tiklana olmadi. Shu bois musobaqalarda O‘zbekiston delegatsiyasi tog‘ chang‘isi va short-trek dasturlaridagina ishtirok etadi.

Bo‘lajak qishki Olimpiya o‘yinlari joriy yilning 6-22 fevral kunlari Italiyaning Milan hamda Kortina-d’Ampetsso shaharlarida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olimpiya o‘yinlari oldidan Avstraliya terma jamoasida koronavirusning ikki holati aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya Milan-Kortina-2026 Medet Nazarov Daniil Eybog

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing