O‘zbekiston delegatsiyasi Haj ziyoratini tiklash uchun Saudiyaga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 3 may kuni erta tongda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi. Bu haqda qo‘mita Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan ushbu safar davomida “Haj – 2022” mavsumini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni Saudiya Arabistonidagi mutasaddi idoralar bilan kelishish rejalashtirilgan.

Qayd etish kerakki, o‘tgan ikki yil davomida COVID-19 pandemiyasi tufayli butun dunyo mo‘min-musulmonlari haj amallarini ado etolmadi.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligining “Haj – 2022” mavsumi bo‘yicha rasmiy bayonotida, joriy haj tadbiriga chet ellik va mahalliy hojilarga jami 1 million kishi uchun haj ibodatini amalga oshirishga ruxsat berilishi bildirilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning yanvar oyidan boshlab O‘zbekiston fuqarolarining Umra ziyoratiga borishlari qayta yo‘lga qo‘yildi. Hozirgacha 35 mingga yaqin o‘zbekistonlik ziyoratni amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Haj

Baholaganlar

173

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing