O‘zbekiston davlat qarzi 26 mlrddan oshdi

Jamiyat

image
Joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, davlat qarzi qoldig‘i 26,3 mlrd AQSH dollarga yetdi. Bu haqda 2021 yil uchun O‘zbekiston davlat qarzi holati va dinamikasi sharhida keltiriladi.
 
Qayd etilishicha, davlat tashqi qarzi 23,6 mlrd dollar, davlat ichki qarzi 2,7 mlrd dollar yoki yalpi ichki mahsulotga (YAIM) nisbatan 38 foizni tashkil etgan.
 
Davlat qarzining YAIMga nisbati 2021 yil boshida 39 foizdan 2022 yilning 1 yanvar holatiga 38 foizgacha pasaygan.
 
Davlat qarzi 2021 yil davomida 2,9 mlrd dollarga oshgan bo‘lsa-da, AQSH dollari hisobida yalpi ichki mahsulot tez sur’atlarda, ya’ni 9,4 mlrd dollarga o‘sgani tufayli davlat qarzining YAIMga nisbati pasaygan.
 
Xalqaro valyuta jamg‘armasining mamlakatlar iqtisodiyotiga bag‘ishlangan hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat qarzi bugungi kunda “mo‘’tadil” darajada hisoblanadi.
 
Umumiy davlat qarzi miqdorining o‘sishiga qaramay, makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavfsiz darajada qolmoqda.
 
Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, 2022 yil O‘zbekistonning umumiy davlat qarzi 33,5 mlrd dollarga yetishi kutilmoqda.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

506

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing