O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Sport
−
10 yanvar
7653“Andijon” futbol klubining albaniyalik futbolchisi Rubin Hebayga O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi sovrini topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) o‘z saytida ma’lum qildi.
”Liga 8 oy davomida oyning eng yaxshilarini o‘ziga xos uslubda aniqlab keldi. Ovoz berish jarayonida 18 nafar mustaqil ekspertlar ishtirok etdi. Mana shu ovozlar jamlanmasidan kelib chiqib, yilning eng yaxshisi aniqlandi”, deyiladi manba xabarida.
Hebay sovrin uchun kurashda 92 ochko to‘plab, “Metallurg” a’zosi Zabihillo O‘rinboyev va “Qizilqum” futbolchisi Islom Kenjaboyevni ortda qoldirdi. O‘rinboyev sovrin uchun kurashda 81 ochko to‘plagan bo‘lsa, Kenjaboyev 71 ochkoga ega bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Hebay o‘tgan mavsum O‘zbekiston chempionatida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Andijon” bilan amaldagi shartnomasi shu yil oxiriga qadar amal qiladi.
LiveBarchasi