O‘zbekiston chempionatining eng qimmat futbolchisi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Germaniyaning mashhur “Transfermarkt” portali O‘zbekiston chempionatining eng qimmat futbolchilari reytingini tuzdi. Reytingda 1-o‘rinni Toshkentning “Paxtakor” klubi a’zosi Odiljon Hamrobekov band etdi.

Manbaga ko‘ra, Hamrobekovning qiymati 1,2 million yevroga baholanmoqda. Bu borada 2-o‘rin “Navbahor” yetakchisi Oston O‘runovga nasib etdi. O‘runovning transfer narxi 1 million yevroni tashkil qiladi. Kuchli uchlikni yana bir “Paxtakor” a’zosi Hojiakbar Alijonov yakunlab bergan. Uning narxi ham 1 million yevro.

Kuchli beshlikdan “Nasaf” a’zosi Sherzod Nasrullayev va OKMK futbolchisi Xurshid G‘iyosov joy olgan. Har ikki futbolchi 900 ming yevroga baholanmoqda.

Umumiy hisobda top-11 talikda “Paxtakor”ning to‘rt, “Navbahor”ning uch va “Nasaf”ning ikki nafar a’zosini ko‘rish mumkin. Shuningdek, OKMK va “Surxon” klublarining 1 nafardan futbolchisi O‘zbekiston chempionatining eng qimmat futbolchilari o‘n bittaligiga kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Navbahor Oston O'runov Odiljon Hamrobekov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing