O‘zbekiston chegara posti xalqaro maqomga ega bo‘ladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi ikkita o‘tish punkti xalqaro maqomga ega bo‘lishi mumkin. Bu haqda Qozog‘istonning ochiq milliy axborot portalida xabar berilgan.

Xabarda Qozog‘iston va O‘zbekiston Respublikasi hukumatlari o‘rtasida 2006 yil 4 sentyabrdagi “Ikki davlat chegarasi orqali o‘tish punktlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi bayonnoma keltirilgan. 

Unga ko‘ra, “Selinniy” va “Sirdaryo” o‘tish punktlari yangi maqomga ega bo‘ladi va ulardagi ish vaqti ham o‘zgaradi.

Qozog‘iston sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu harakat ikki mamlakat o‘rtasidagi chegara hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan. Bundan tashqari, bu tovar aylanmasi va sayyohlar oqimini oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston hukumati “Xavfsiz mamlakat” milliy loyihasi doirasida Rossiya bilan chegarada 20 ta chegara posti qurmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing