O‘zbekiston bo‘ylab “Ishga marhamat” monomarkazlari tashkil etiladi

Jamiyat

image
Qarorlar kambag‘allikka ta’sirini baholash uchun ekspertizadan o‘tkaziladi north_east

Qarorlar kambag‘allikka ta’sirini baholash uchun ekspertizadan o‘tkaziladi

“O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda bugun, 30 mart kuni Adliya vazirligi ma’lum qildi.

"Qarorga muvofiq, kambag‘al va ishsiz aholini, ayniqsa, xotin-qizlarni va yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida qaror loyihasi ishlab chiqiladi" deyiladi vazirlik xabarida.

Ta’kidlanishicha, kambag‘al, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish mahalla, tuman (shahar) va hudud markazlari darajasida “mahallada kasb-hunarga o‘qitish maskanlari – tuman kasb-hunarga o‘qitish markazlari – hudud “Ishga marhamat” monomarkazlari” mexanizmi asosida amalga oshiriladi.

Loyihaga ko‘ra, 2020 yil 1 iyulga qadar har bir hududda kamida bittadan “Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi” bo‘yicha nodavlat tashkilotlari o‘rtasida tanlov o‘tkazish, tanlov g‘oliblariga o‘z ishini tashkil qilish uchun grant ajratiladi.

Bundan tashqari, 2020 yil 1 oktyabrga qadar har bir hududda kamida bittadan “Ishga marhamat” monomarkazlari yoki kasb-hunarga tayyorlash markazlarini tashkil etiladi.

Shuningdek, 2020 yil 1 iyunga qadar Rossiya Federatsiyasining o‘zbekistonlik mehnat migrantlari eng ko‘p faoliyat yuritayotgan hududlarini aniqlab, dastlabki bosqichda kamida 5 ta shaharda migrantlarni kasbga o‘qitish va rus tilini o‘rgatish rejalashtirilgan.

 

Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Kambag'al Ishsizlik

Baholaganlar

242

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing