O‘zbekiston bo‘yicha suv narxi ko‘tarildi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlarining viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari tomonidan respublika bo‘yicha 1 kub metr ichimlik va oqova suv xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar (suv hisoblagichi borlar uchun) tasdiqlandi.

Yangi tariflarga ko‘ra, O‘zbekistonda ichimlik suvi va oqova suv xizmatlarining yangi narxlari o‘rtacha 1,9 foizga oshgan.

“Bugun suv hisoblagichlari bilan ta’minlangan iste’molchilarga hisob-kitob tizimini tushuntirib o‘tamiz. Suv hisoblagichlar bilan ta’minlanmagan iste’molchilarga hisob-kitoblar suv iste’moli me’yorlaridan kelib chiqib hisoblanadi, bu haqda keyinroq alohida tushuntirish berib o‘tamiz”, deyiladi “UZSUVTA’MINOT” xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida ichimlik va oqova suv bo‘yicha yangi narxlar e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

545

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing