O‘zbekiston BRICS’ga hamkor bo‘lishdan qanday foyda kutmoqda?
Jamiyat
−
01 fevral 8989 1 daqiqa
2025 yil 1 yanvardan BRICS bo‘yicha hamkor davlatga aylangan O‘zbekiston ushbu assotsiatsiyadagi ishtirokidan birinchi navbatda iqtisodiy manfaatlarni ko‘zlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining matbuot kotibi Ahror Burhonov ma’lum qildi.
Uning aytishicha, BRICS ko‘p tomonlama hamkorlik va sheriklikning nufuzli va dinamik birlashmasi hisoblanadi. Burhonov bunday o‘zaro hamkorlik modeli BMTning markaziy rolini saqlab qolgan holda yanada adolatli dunyo tartibining yangi arxitekturasini shakllantirish uchun mustahkam poydevor bo‘lishi mumkinligiga ishonch bildirdi.
“BRICS a’zolarining aksariyati bizning an’anaviy hamkorlarimizdir. Biz birinchi navbatda iqtisodiy manfaatlarni ko‘zlaymiz. BRICS katta imkoniyatlarga ega ulkan bozordir. Uyushma a’zolari bilan aloqalarning har tomonlama kengayishi xalqimiz farovonligini ta’minlashda ijobiy o‘rin tutadi”, deydi TIV matbuot kotibi.
Ma’lumot uchun, BRICS birlashmasi 2006 yilda tashkil etilgan. Hozirda Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Misr va Efiopiya uning a’zolaridir.
2024 yil 24 oktyabr kuni Rossiya raisligida Qozonda bo‘lib o‘tgan BRICS sammitida 13 davlat, xususan, O‘zbekiston ham assotsiatsiyaga hamkor davlatlar sifatida qabul qilindi.
Live
Barchasi