O‘zbekiston boks terma jamoasining JCHdagi ishtiroki yakunlandi

Sport

image

Bugun, 14 may kuni ikki hafta davomida Toshkent shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati nihoyasiga yetdi.

14 may dasturida 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi. 

-54 kg vaznida Oybek Jo‘rayev qozog‘istonlik Mahmud Sobirxonga, -71 kg vazn toifasida esa Saidjamshid Jafarov yana bir Qozog‘iston vakili Aslanbek Shimbergenovga imkoniyatni boy berib, musobaqaning kumush medali sohibiga aylandi.

-57 kg vaznda Abdumalik Xalokov kubalik Saidel Xortani, -63,5 kg da esa Ruslan Abdullayev mo‘gulistonlik Chinzorig Batarsuxni mag‘lubiyatga uchratib, jahon chempioniga aylandi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

O‘zbekiston bokschilari turnirda umumiy hisobda 5 ta oltin, 2 ta kumush hamda 2 ta bronza medaliga ega chiqib, Jahon chempionatida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Jahon chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing