O‘zbekiston BMTda uyg‘urlar masalasida alohida yig‘ilish o‘tkazilishiga qarshi chiqdi
Olam
−
06 Oktabr 2022
19642Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari kengashi Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumanidagi gumanitar vaziyat bo‘yicha maxsus yig‘ilish o‘tkazish haqidagi iltimosni rad etdi. Bunga qarshi ovoz bergan davlatlar qatorida Markaziy Osiyodan O‘zbekiston va Qozog‘iston ham bor.
Inson huquqlari kengashining 51-sessiyasi doirasidagi birinchi ovoz berish 47 ta qonun loyihasi bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.
Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatidagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini 17 ishtirokchi yoqlab, 19 tasi qarshi ovoz bergan, yana 11 nafari betaraf qolgan.
Shunday qilib, tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan davlatlar qatorida Germaniya, Fransiya, Chexiya, Finlyandiya, Polsha, Janubiy Koreya, AQSH va Buyuk Britaniya kabi davlatlar bor. Hujjatni Boliviya, Kuba, Gabon, Indoneziya, Qozog‘iston, Pokiston, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari va O‘zbekiston rad etgan.
BMT Inson huquqlari kengashining 51-sessiyasida yakuniy ovoz berish 7 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi