O‘zbekiston birinchi yarim yillikda 129 mlrd so‘mga vaksina sotib olgan

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yanvar – iyun oylarida bolalarni turli yuquqli kasalliklardan emlash uchun vaksinalarga 129 mlrd so‘m sarflangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Timur Ishmetovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etgan Davlat budjetining 2020 yilning birinchi yarim yilligidagi ijrosi yuzasidan ma’ruzasida aytilgan. 

Qayd etilishicha, 2020 yil birinchi yarim yilligida sog‘liqni saqlash sohasi xarajatlari 8 trln 72 mlrd so‘mni tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 22 foizga o‘sgan. Ushbu davrda sog‘liqni saqlash muassasalarini dori-darmon bilan ta’minlash xarajatlariga qariyb 1 trln so‘m moliyalashtirilgan. 

Bundan tashqari, sog‘liqni saqlash muassasalarini:

•    oziq-ovqat xarajatlariga 169,5 mlrd so‘m;

•    bolalarni 13 turdagi yuqumli kasalliklarga qarshi emlash bo‘yicha vaksina xarajatlari uchun 129 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.

Byudjet parametrlarida sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha tasdiqlangan Davlat dasturlarida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun 2020 yilda ajratilgan 726 mlrd so‘m mablag‘larning 176,7 mlrd so‘mi yoki 24,7 foizi xarajat qilingan.

Jumladan:

•    onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada rivojlantirish davlat dasturi bo‘yicha talassimeya kasalligiga chalingan bemorlar uchun dori vositalariga 1,1 mlrd so‘m

•    qandli diabet bilan kasallangan bemorlar uchun analogli insulinlar va odam insulini markazlashtirilgan tarzda ta’minlash uchun 19,7 mlrd so‘m;

•    kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga dori vositalari uchun 3,7 mlrd so‘m;

•    buyrak va jigar transplantatsiyasi jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan bemorlarni dori vositalari uchun 13,8 mlrd so‘m;

•    vaksinalar sotib olish uchun 129,2 mlrd so‘m;

•    tez tibbiy yordam avtotransport vositalari qo‘shilgan qiymat solig‘i uchun 9,2 mlrd so‘m sarflangan. 

“Dasturlar uchun ajratilgan mablag‘larning asosiy qismi sarflanmaganligini bugungi kunda, butun dunyoda, qolaversa, yurtimizda koronavirus pandemiyasi bo‘yicha yuzaga kelgan epidemiologik holat sababli barcha kuchlar epidemiyani oldini olishga qaratilgani bilan izohlash mumkin”, deydi vazir Ishmetov.


Maqola muallifi

Teglar

Timur Ishmetov vaktsina

Baholaganlar

115

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing