O‘zbekiston bayrog‘i tushirilgan paypoqlar savdosi to‘xtatildi
Olam
−
07 Oktabr 2019
6761Ijtimoiy tarmoqlarda Janubiy Koreyada O‘zbekiston bayrog‘i tushirilgan paypolar sotilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Uning ortidan esa bir video tarqaldi. Unda bir o‘zbekistonlik do‘konga kirib, O‘zbekiston bayrog‘i tasviri tushirilgan paypoqni sotish “hurmatsizlik ekanini” tushuntirayotganini ko‘rish mumkin.
Ta’kidlanishicha, sotuvchilarga “huquqiy masalalar” tushuntirilgan. O‘zbekistonlik yigitning aytishicha, sotuvchilar barchasini tushunib, bundan keyin bu kabi xatoni takrorlamasligini bildirgan. Ular hatto uzr so‘rashgan.
O‘zbekistonlik yigit zavodga borib, bunday paypoqlar ishlab chiqarilishi to‘xtatilishiga erishmoqchi.
LiveBarchasi