O‘zbekiston banklari “Mir” kartalarini qabul qilishni davom ettiradi – OAV

Jamiyat

image

Uzcard yagona O‘zbekiston protsessing markazi "Mir" to‘lov tizimi kartalarini, shu jumladan, kobeydjing kartalarni qabul qilishni davom ettirmoqda. Bu haqda kecha, 21 sentyabr kuni Uzcard ma’muriyati TASSga ma’lum qildi.

“Hozirda O‘zbekiston banklarida "Mir" kartalariga hech qanday cheklovlarsiz xizmat ko‘rsatilmoqda”, deyiladi xabarda.

Joriy yilning mart oyida Uzcard texnik sabablarga ko‘ra “Mir” kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatib qo‘ygan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa ba’zi o‘zbek banklari "Mir" kartalarini qabul qilishni to‘xtatgani, boshqalari esa taqiqlash ustida ish olib borayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Qayd etish kerakki, AQSH Moliya vazirligi Rossiyaning "Mir" kartalarini qabul qiluvchi banklarga ikkilamchi sanksiyalar joriy etilishini e’lon qilgandi. Ayni ogohlantirish sabab Turkiya va Qozog‘iston banklari "Mir" kartalarini qabul qilishni to‘xtatishni boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

147

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing