O‘zbekiston BAA, Turkiya, Koreya va Rossiyadagi fuqarolarini olib kelishga charter reys yuboradi
Jamiyat
−
24 mart 2020
6652O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyevning maxsus topshirig‘iga binoan Rossiya, Koreya, Turkiya, BAAdagi fuqarolarini olib kelish uchun har kuni charter reyslar jo‘natadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qilmoqda.
Joriy yilning 24-27 mart kunlari har kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridan 1 tadan jami 4 ta reys (RF mahalliy vaqti bo‘yicha soat 17:00da);
Turkiyaning Istanbul shahridan 24 hamda 27 mart kunlari 2 ta reys (Turkiyaning mahalliy vaqti bo‘yicha soat 23:00da) amalga oshiriladi.
Shunnigdek, Koreyaning Seul shahridan 29 mart kuni charter reys (vaqti aniqlanmoqda) amalga oshiriladi.
Xuddi shu kabi kelgusi haftada ham Rossiya Federatsiyasining Moskva, Sankt-Peterburg, Turkiyaning Istanbul, BAAning Dubay shaharlaridan o‘zbekistonliklarni charter reyslar orqali olib kelish ishlari davom ettiriladi.
“Shuni alohida ta’kidlash lozimki, samolyot ekipaji a’zolari ham xavfsizlik nuqtai nazaridan, koronavirus inkubatsiyasi davridan kelib chiqib, karantin ostida saqlanishini hamda maxsus komissiya tomonidan mazkur masalani imkon qadar qisqa muddat ichida bartaraf etish choralari ko‘rilayotganligini inobatga olgan holda, chet elda bo‘lib turgan fuqarolarimiz tomonidan sabrli bo‘lishlari so‘raladi.
Charter reyslar orqali mamlakatimizga olib kelinadigan barcha fuqarolar maxsus komissiya talablariga muvofiq, maxsus tekshiruvlardan o‘tkaziladi va qat’iy ravishda respublikaning hududlarida karantin tadbirlari uchun tashkil etilgan sanatoriy va boshqa muassasalarda 14 kunlik karantinda nazoratda saqlanadi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi