O‘zbekiston BAA bilan bojxonachilar tayyorlaydi

Jamiyat

image

Endilikda Bojxona instituti kursantlari 2-kursda bir oy, 3-kursda uch oy va 4-kursda olti oy bojxona postlarida amaliyot o‘taydi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022 yilda bojxona ma’murchiligini yanada takomillashtirish va sohani korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda aytib o‘tdi.

Yig‘ilishda bojxona tizimida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish vazifasi qo‘yildi. Shu sabab, endilikda Bojxona instituti kursantlari 2-kursda bir oy, 3-kursda uch oy va 4-kursda olti oy bojxona postlarida amaliyot o‘taydi. 

Shuningdek, institutda bojxona xodimlari va kursantlarga xorijiy tillarni o‘rgatish, ularning madaniyati, saviyasi, IT ko‘nikmalarini tizimli oshirish kerakligi qayd etildi.

Shuningdek, institutda standartlar va metrologiya, nazorat uskunalarini boshqarish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ham mutaxassislarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish lozim.

"Bojxona institutini to‘liq transformatsiya qilamiz", deydi Prezident.

Shuningdek, uch oy muddatda Birlashgan Arab Amirliklari tajribasini chuqur o‘rganib, qo‘shma qadr tayyorlash dasturini joriy qilish bojxona xodimlari uchun raqamli texnologiyalarga o‘qitish kurslarini tashkil etib, joriy yilda 500 nafar xodimni o‘qitish topshirildi.

Bojxona qo‘mitasiga kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish bo‘yicha Jahon bojxona tashkiloti bilan hamkorlikni kengaytirishga ko‘rsatma berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Bojxona instituti bojxonachi

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing