O‘zbekiston azaliy raqibi Eron bilan finalda o‘ynaydi
Sport
−
08 Sentabr 12593 1 daqiqa
Bugun, 8 sentyabr kuni Toshkentdagi “Olimpiya” stadionida CAFA Nations Cup 2025 turnirining hal qiluvchi o‘yini bo‘lib o‘tadi. Soat 19:30 da start oladigan bellashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eronga qarshi maydonga tushadi.
Qayd etish joiz, so‘nggi to‘rt o‘yinda ikki jamoa bir-biridan ustun kela olmadi – hammasi durang bilan yakunlangan. Bu esa bugungi finalning keskin va hayajonli bo‘lishidan darak beradi.
O‘zbekiston terma jamoasi oxirgi marta CAFA-2023 turniri finalida qatnashgan va o‘sha paytda raqiblariga imkoniyatni boy bergan edi. Endi esa O‘zbekiston futbolchilarida tarixiy “revansh” olish, qit’a miqyosidagi musobaqada g‘olib chiqish uchun katta imkoniyat bor. Ushbu turnir har ikki yilda bir marotaba bo‘lib o‘tadi va ikkinchi bor ham O‘zbekiston va Eron terma jamoalari finalga yetib keldi. Turnir 2023 yildan boshlab o‘tkazilib kelinadi.
Bugungi uchrashuv nafaqat kubok taqdiri, balki ikki terma jamoa o‘rtasidagi tarixiy raqobatning yangi sahifasini ham belgilab beradi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 8 sentyabr kuni FIFA Prezidenti Janni Infantino CAFA Nations Cup 2025 musobaqasining final uchrashuvini stadiondan kuzatish maqsadida O‘zbekistonga keldi.
Jahongir Boltaboyev
Live
Barchasi