O‘zbekiston aviatsiya bozoriga Eron kompaniyasi kirib kelmoqda

Jamiyat

image

Eronning Zagros Airlines  kompaniyasi O‘zbekistonning aviatashuvlar bozoriga kirishni rejalashtirmoqda. Kompaniya Tehron—Toshkent—Tehron yo‘nalishida qatnovlarni amalga oshiradi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi xabar berdi.

Zagros Airlines kompaniyasining arizasi Eron va O‘zbekiston o‘rtasidagi hukumatlararo kelishuv va O‘zbekiston Transport vazirligining topshirig‘iga binoan Fuqaro aviatsiyasi agentligi tomonidan 2019 yilning 11 noyabrida ko‘rib chiqilgan.

Agentlik aviareyslarning qachon va qanday chastotada yo‘lga qo‘yilishi haqida ma’lumot bermagan.

Avvalroq, O‘zbekistonda yangi mustaqil aviakompaniya tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston aviatsiya

Baholaganlar

29

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing