O‘zbekiston Afrika jamoasi bilan o‘yin o‘tkazadi

Sport

image

Kecha, 25 yanvar kuni o‘zbekiston milliy terma jamoasining qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga legioner futbolchilar yetib kelgani haqida xabar bergan edik. 

Yig‘in davomida bir nechta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish rejalashtirilgan va ertaga, 27 yanvar kuni Srechko Katanets shogirdlari Janubiy Sudan terma jamoasi bilan nazorat uchrashuvida ishtirok etadi. 

Avvalroq ushbu sanada Bahrayn terma jamoasi bilan o‘yin o‘tkazish borasida muzokaralar olib borilayotgan edi. Biroq epidemiologik vaziyat sababli ushbu jamoa BAAdagi yig‘inini bekor qilishga majbur bo‘ldi. Natijada Dubay shahrida yig‘in o‘tkazayotgan Janubiy Sudan terma jamoasi bilan o‘yin o‘tkazish borasida o‘zaro kelishuvga erishildi.

Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi YouTube kanali orqali translyatsiya qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Janubiy Sudan Bahrayn

Baholaganlar

38

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing