O‘zbekiston Afg‘onistonning uchta shaharidagi portlashga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi muqaddas Ramazon oyi kunlarida Kobul, Mozori-Sharif va Qunduz shaharlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlarini qat’iy qoralaydi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytildi.

“Tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlarga sabab bo‘lgan zo‘ravonlik harakatlari Afg‘onistonda barqaror tinchlik va milliy totuvlik o‘rnatilishiga to‘sqinlik qiladi.

O‘zbekiston tomoni halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi, shuningdek, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaydi”, deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun, kecha, 21 aprel kuni Afg‘onistonning uchta shahrida birdaniga portlashlar sodir bo‘lgan edi. Birinchi portlash Qobulning beshinchi politsiya okrugida yuz berdi, unda ikki bola jarohatlandi. Keyin Balx viloyati markazi Mozori-Sharifdagi Sex Dokan masjidida portlash bo‘ldi. Oqibatda 5 kishi qurbon bo‘ldi va 65 kishi jarohatlandi. Uchinchi portlash Qunduz viloyati markazining Sardavor tumanida sodir bo‘ldi. Unda 4 kishi halok bo‘lgani, 18 nafari jarohatlangani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

431

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing