O‘zbekiston Afg‘onistonga 58 ta vagonda yordam yubordi
Jamiyat
−
30 aprel 2022
12402Bugun, 30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasining afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi. 58 ta vagondan iborat yuk poyezdda Termiz shahridagi “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatga jo‘natildi.
Afg‘onistonga yuborilgan insonparvarlik yordami tarkibida quyidagilar o‘rin olgan:
16 ta vagonda 1000 tonna un maxsuloti;
5 ta vagonda guruch mahsuloti
1 ta vagonda 12 ming dona ikra;
1 ta vagonda 9679 quti shokolad, pechene;
1 ta vagonda 16 156 banka murabbo;
1 ta vagonda 70 000 qadoqda dori-darmon;
1 ta vagonda 100 ming dona vaksina, 100 ming dona kovid-test, 20 ming dona kiyim-kechak, 10 tonna yog‘;
2 ta vagonda 6600 quti lapsha mahsuloti;
1 ta vagonda 103 716 dona dori-darmon;
29 ta vagonda 2000 tonna bug‘doy.
Shu munosabat bilan ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston oxirgi marta o‘tgan yilning dekabr oyida Afg‘onistonga gumanitar yordam yuborgandi. Undan oldin esa 2021 yil sentyabr oyida afg‘on xalqi uchun 1300 tonna insonparvarlik yuki yetkazilgan.
LiveBarchasi