O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini yubordi
Jamiyat
−
01 aprel 2020
7073Bugun, 1 aprel kuni Uzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga asosan Afg‘oniston Islom Respublikasiga koronavirus COVID-19 infeksiyasi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, tibbiy buyumlar va bolalar trikotaj mahsulotlari ko‘rinishida insonparvarlik yordami yuborildi.
O‘zbekiston rahbari nomidan birodar afg‘on xalqiga O‘zbekistonning do‘stona yordami sifatida yo‘lga tushgan ezgulik poyezdi – insoniyat uchun umumiy ofatga aylangan koronavirus bilan kurashish jarayonida birinchi navbatda zarur mahsulotlar asosida shakllantirilgan.
Tibbiy niqoblar, himoya kombinezonlari, kasallikni aniqlovchi teplovizor, pirometrlar singari tibbiy vositalar, un, yog‘, guruch va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari hamda birinchi darajali xo‘jalik tovarlar, shuningdek jafokash afg‘on bolalari uchun trikotaj mahsulotlaridan iborat insonparvarlik yuki Angren-Toshkent-Termiz-Mozori-Sharif yo‘nalishi bo‘yicha yetkazib beriladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga asosan, koronavirusdan eng ko‘p aziyat chekkan Xitoy Xalq Respublikasi va Eronga insonparvarlik yordami jo‘natilgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar 196 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda ushbu xastalikdan 4 kishi vafot etdi, 5 kishi sog‘aydi.
LiveBarchasi