O‘zbekiston afg‘on xalqiga 58 tonna insonparvarlik yordami yubordi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Afg‘onistonga 58 tonna yukni o‘z ichiga olgan navbatdagi insonparvarlik yordamini yetkazib berdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi ma’lum qildi.

“Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan, O‘zbekiston Respublikasining birodar afg‘on xalqiga 58 tonnalik zarur oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat navbatdagi insonparvarlik yuklari ortilgan avtomashinalari Hayraton chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatning Balx viloyati shimolidagi Kaldor tumaniga yetkazib berildi”, deyiladi xabarda.

Bu galgi ko‘rsatilgan yordam avvalgilaridan farqli ravishda, og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan oilalarning o‘zlariga tarqatilgan.

420 ta oilaga mo‘ljallangan insonparvalik yordami tarkibida 50 kilogramdan un, 25 kilogramdan guruch, 10 kilogramdan shakar, 10 litrdan yog‘, 10 bankadan tushonka, 10 bankadan murabbo, 2 qutidan makaron, 2 qutidan lapsha mahsulotlari mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

108

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing