O‘zbekiston aholi soni ko‘p davlatlar 50 taligiga kirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston doimiy aholisi soni bo‘yicha dunyoda 43-o‘rinda turadi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi ma’lumotlariga tayanib, Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Statqo‘m ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida joriy yilning 1 yanvar holatiga doimiy aholi soni 35 mln 271 ming 3 kishini tashkil etgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 712,4 ming kishiga yoki 2,1 foizga ko‘p.

Mos ravishda ayollar soni 346,6 ming kishiga yoki 2 foizga, erkaklar soni esa 365,7 ming kishiga yoki 2,1 foizga oshgan. 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra 2021 yilning 1 yanvar holatiga yer yuzidagi jami aholi soni 7 mlrd 875 mln kishini tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasi aholi soni bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasida 43-o‘rinda qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

829

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing