O‘zbekiston aholisi qachondan koronavirusga qarshi emlanishi aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda fevral oyining oxiri, mart oyining boshida koronavirusga qarshi vaksinatsiya jarayoni boshlanishi mumkin. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbarining o‘rinbosari Botirjon Qurbonov “Zamon” dasturiga intervyusida ma’lum qildi.

Botirjon Qurbonovning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilnin 8 yanvar kuni O‘zbekiston aholisining 20 foiziga yetarli miqdorda vaksina uchun buyurtma berilgan.

“O‘zbekistonda immunizatsiya tadbirlari jami aholini qamrab olishi rejalashtirilgan. Pfizerkompaniyasi vaksinani 1-1,5 oyda yetkazib bersa, fevral oyining oxiri, mart oyining boshida emlash ishlari boshlanadi”, deydi Botirjon Qurbonov.

Bugungi kunda JSST qo‘llashga ruxsat bergan AQSHning Pfizer va Germaniyaning BioNTech korxonalari tomonidan ishlab chiqilgan vaksinani O‘zbekistonda ham emlash jarayoniga jalb qilish va fuqarolarni emlash to‘g‘risida 100 ming dozaga rasman byurtma berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

378

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing