O‘zbekiston aholisi har kuni 2 mingga ko‘payyapti
Jamiyat
−
31 Oktabr 2023
6448O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 2,1 ming kishiga oshmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilning 1 oktyabr holatiga respublikaning doimiy aholisi 36 million 599 ming 764 kishini tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 2,2 foizga ko‘p.
Mamlakat aholisi 2023 yil boshidan buyon 574,8 ming kishiga ko‘paygan. Bu har bir oyda o‘rtacha 64 ming chaqaloq tug‘ilganini anglatadi. Bu ko‘rsatkich doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 2,1 ming kishiga ortayotganini ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 1 oktyabr holatiga Toshkent shahrida yashovchi doimiy aholi soni 3 mln 20,5 ming kishini tashkil etgandi.
LiveBarchasi