O‘zbekiston 9 oyda qancha oltin eksport qilgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston oltin qazib olishda yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, mamlakat joriy yilning yanvar-sentyabr oylari davomida 3,98 milliard dollarlik eksport qildi. 

Qayd etilishicha, eksport umumiy hajmida oltinning ulushi 29,1 foizni tashkil qilgan. Bu o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda qariyb 2,6 barobar ko‘pdir.

Ikkinchi o‘rinda xizmatlar (18,6 foiz - 2,54 milliard dollar), uchinchi pog‘onada energiya manbalari va neft mahsulotlari (16,1 foiz - 2,20 milliard dollar).

Shuningdek, ko‘rsatilgan davr mobaynida 1,17 milliard dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari, 1,14 milliard dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari, 706,6 mln dollarlik rangli metallar va undan tayyorlangan buyumlar hamda 675,2 million dollarlik kimyo mahsulotlari va buyumlari eksportga chiqarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston oltin eksport qilgan

Baholaganlar

115

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing