O‘zbekiston 7 oyda qancha oltin eksport qilgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi ko‘paydi north_east

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi ko‘paydi

2020 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 3,2 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida shunday ko‘rsatilgan.

2019 yil yanvar-iyul oylariga nisbatan o‘sish 95,3 foizni tashkil etdi. 2020 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonning eksport tarkibida oltinning ulushi 39,8 foizga teng bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston oltin eksportini yildan-yilga oshiryapti. Oltin eksporti 2015 yilda 823,9 million dollardan, 2016 yilda 738,2 million dollardan, 2017 yilda 1,6 milliard dollardan, 2018 yilda 2,91 milliard dollardan va 2019 yilda 4,9 mlrd dollardan ortiqroqni tashkil etgan.

Avvalroq, O‘zbekistona 6 oyda 2 mlrd 124,6 mln dollarlik oltin eksport qilgani haqida ma’lumot bergan edik.

 

Maqola muallifi

Teglar

oltin

Baholaganlar

172

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing