O‘zbekiston 6 ta davlat uchun vizasiz tartibni joriy qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston 6 ta davlat fuqarolari uchun vizasiz kirish tartibini rasman joriy qildi. Bu haqda 21 oktyabr kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.

Mazkur hujjatga ko‘ra, 1996 yil 21 noyabrdagi 408-son qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Xususan, qarorning 5-ilovasida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasida vizasiz tartib joriy qilingan mamlakatlar ro‘yxatiga yana 6 ta davlat qo‘shildi (ilgari ular 85 ta edi):

  • Bahrayn; 
  • Qatar; 
  • Quvayt;
  • Ummon; 
  • Saudiya Arabistoni;
  • Iordaniya.

Mazkur davlatlar fuqarolari O‘zbekistonga 30 kungacha vizasiz kirish huquqiga ega bo‘ldi.

Bundan tashqari, Xitoy fuqarolari uchun ham vizasiz bo‘lish muddati 30 kungacha uzaytirildi. Avvalgidek, Gonkong aholisi uchun 7 kungacha vizasiz kirish istisnosi saqlanib qolgan.

Shuningdek, 15 ta davlat fuqarolari uchun biznes vizalarini olishning soddalashtirilgan tartibi joriy etildi. Ular:

  • Avstriya;
  • Belgiya;
  • Buyuk Britaniya;
  • Germaniya;
  • Ispaniya;
  • Italiya;
  • Latviya;
  • Malayziya;
  • Fransiya;
  • Chexiya;
  • Shveysariya;
  • Yaponiya;
  • Birlashgan Arab Amirliklari;
  • Eron;
  • Pokiston,

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chernogoriya O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz tartibni bekor qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

viza O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing