O‘zbekiston 5 oyda qancha meva va sabzavot eksport qilgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
28 iyun 2021
6998Joriy yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston qiymati 291,6 million AQSH dollariga teng meva va sabzavotlarni eksport qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston yanvar-may oylarida 291,6 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 526,9 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.
Besh oy davomida O‘zbekiston quyidagi meva va sabzavotlarni eksport qilgan:
• meva va rezavorlar – 70,2 ming tonna
• quritilgan meva va rezavorlar – 25,8 ming tonna
• sabzavotlar – 419,7 ming tonna
• qalampir – 6,5 ming tonna
• uzum – 2,0 ming tonna
• mayiz – 16,3 ming tonna
• yeryong‘oq – 9,4 ming tonna
• tarvuz-qovun – 2,8 ming tonna.
Avvalroq, O‘zbekiston joriy yilning besh oyida qancha avtomobil eksport qilgani ma’lum bo‘lgandi.
Diyora Abdurahmonova
LiveBarchasi