O‘zbekiston $5 milliardlik transafg‘on temir yo‘lini qurishga kirishdi

Jamiyat

image

Dengizga chiqish imkoniyati yo‘q O‘zbekiston Pokistonning yirik dengiz portlaridan foydalanish uchun 5 milliard dollarlik (taxminiy qiymati) transafg‘on temir yo‘l liniyasi loyihasini qurishni boshladi. Bu haqda Pokistonning “The News International” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, "Mozori Sharif–Qobul–Peshovar" temir yo‘li loyihasining xaritasi Pokiston, O‘zbekiston va Afg‘oniston  tomonidan kelishib olingan. Uning uzunligi 600 km bo‘ladi, taxminiy qiymati — 5 mlrd dollar.

“2022 yil 2 fevral kuni Toshkentda Pokiston, O‘zbekiston va Afg‘oniston vakillari mazkur uch mamlakatni bog‘laydigan 600 kilometr uzunlikdagi temir yo‘l loyihasini (Mozori Sharif-Qobul-Peshovar temir yo‘li) qurish bo‘yicha yo‘l xaritasini kelishib oldi. Ushbu transafg‘on temir yo‘li loyihasi Markaziy Osiyoni Pokistonning Karachi, Gvadar va Qosim portlari bilan bog‘laydigan eng qisqa yo‘nalishdir”, deydi Pokiston investitsiya bo‘yicha komissiyasi rahbari Muhammad Azfar Ahsan.

Ahsanning ta’kidlashicha, Afg‘oniston “Osiyoning yuragi” deb ataladi. U turli mintaqalarni, asosan Markaziy Osiyoni Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston orqali, Janubiy Osiyoni Pokiston orqali, Eronni esa Yaqin Sharq orqali bog‘laydi.

Temir yo‘l Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Pokiston portlariga yo‘l ochadi. Buning evaziga mintaqa tovarlari jahon okeaniga tezroq va arzonroq yetib boradi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil boshida O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston yangi transport yo‘lagi: Termiz – Mozori-Sharif – Qobul – Peshovar bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni imzolagan edi. 

U Yevropa Ittifoqini, Rossiyani Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari bilan bog‘lashi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

404

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing