O‘zbekiston 3 davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi
Jamiyat
−
20 may 19018 1 daqiqa
2025 yil 1 iyundan Bahrayn Qirolligi, Quvayt Davlati va Ummon Sultonligi fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilanadi. Bu 15 may kuni qabul qilingan “2025–2026 yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmonida belgilandi.
Farmonda 2025 yil yakuniga qadar turizm sohasining asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- respublika hududlariga 15,8 mln nafar xorijiy turistlarning safarlarini tashkil etish, turizm xizmatlari eksportini 4 mlrd AQSH dollariga yetkazish;
- ichki turizmni rivojlantirish hisobiga 40 mln ta mahalliy sayyohlarning hududlarga safarlarini tashkil etish, qo‘shimcha 378 ta turoperator faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
- 2025 yil 1 iyundan Bahrayn Qirolligi, Quvayt Davlati va Ummon Sultonligi fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilanadi.
Shuningdek, 2025 yildan har yili 30 noyabrga qadar kelgusi yil turizmni rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlar ishlab chiqiladi.
2025 yildan har yili noyabr oyining 3-haftasida Xalqaro turizm haftaligi tashkil etiladi.
2025 yil iyun oyidan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturini amalga oshirish uchun har oy 2-haftasining shanba va yakshanba kunlari “Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni” etib belgilanadi.
Live
Barchasi