O‘zbekiston 2019 yilda necha milliard dollarlik oltin sotgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
03 fevral 2020
9769O‘zbekiston 2019 yilning yanvar-dekabr oylarida necha milliard dollarlik oltin eksport qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida ko‘rsatib o‘tilgan.
O‘tgan yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston 4,9 milliard dollarlik oltin eksport qildi.
Umumiy eksport tarkibida oltinning ulushi 27,5 foizni tashkil etdi. 2018 yilda eksport tarkibida oltinning ulushi 20,8 foizni tashkil etgan, 2017 yilda - 26,0 foiz.
Ta’kidlab o‘tish joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015 yilda 823,9 million dollardan, 2016 yilda 738,2 million dollardan, 2017 yilda 1,6 milliard dollardan va 2018 yilda 2,91 milliard dollardan ortiqroqni tashkil etgandi. Oltin eksport qilish bo‘yicha O‘zbekiston yetakchilar qatoridan joy oldi.
LiveBarchasi