O‘zbekiston 2 iyunda Turkiya bilan o‘ynaydi

Sport

image

Avvalroq, O‘zbekiston milliy terma jamoasining iyun oyidagi FIFA kunlarida KXDR va Suriya terma jamoalariga qarshi Toshkentda o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishi haqida xabar berib o‘tgandik.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Xalqaro aloqalar departamenti tomonidan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida milliy terma jamoa uchun yana bir kuchli sparring-raqib topildi.

Shu yilning 2 iyun kuni Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Antaliyada Turkiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, Turkiya terma jamoasi ayni paytda FIFA reytingida 39-pog‘onani egallab turibdi. Terma jamoa tarkibida Italiyaning “Milan”, “Sassuolo”, Angliyaning “Everton”, “Lester”, Fransiyaning “Lill”, Germaniyaning “Shtutgart”, Ispaniyaning “Selta” kabi klublarida to‘p suradigan kuchli futbolchilar bor. Hozirda Turkiya terma jamoasini Shenol Gyunesh boshqarib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'FA

Baholaganlar

24

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing