O‘zbekiston 10 oyda qancha oltin sotib, qancha xarid qilgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
24 noyabr 2020 11533 1 daqiqa
2020 yilda O‘zbekiston eksportining 43,5 foiz ulushini oltin tashkil qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil yanvar-oktyabr oylari davomidagi tashqi savdo aylanmasi haqidagi ma’lumotida keltirilgan.
O‘tgan 10 oy davomida 5 mlrd 804,4 mln dollarlik oltin sotilgan va eng eksportbob mahsulot bo‘lgan. Bu o‘tgan yilgiga qaraganda 43,5 foizga ko‘p.
Eksport bo‘yicha ikkinchi o‘rinni sanoat mahsulotlari egalladi. Yanvar-oktyabr oylarida 2 mlrd 341,6 mln dollarlik sanoat mahsulotlari eksport qilingan va jami eksportning 17,6 foiziga teng bo‘lgan.
Yanvar-oktyabr oylari bo‘yicha O‘zbekiston importining hajmi 16,7 milliard dollarni tashkil qilib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 84 foizga teng bo‘ldi.
Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (37,8 foiz), sanoat tovarlari (17,2 foiz) hamda kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga o‘xshash mahsulotlar (14,0 foiz) hisobiga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, 25,3 million dollar oltin ham import qilingan.