O‘zbekiston 1 mln doza Xitoy vaksinasidan sotib oladi
Jamiyat
−
17 fevral 2021
1981O‘zbekistonda Xitoyning “Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.,Ltd” kompaniyasi tomonidan tayyorlangan “ZF-2001” vaksinasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekistonga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida aytib o‘tildi.
Yig‘ilishda aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlash tadbirlarini tashkil etish va vaksinani mahalliylashtirish masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, “ZF 2001” vaksinasining uchinchi bosqich klinik sinovlari Xitoydan tashqari birinchilardan bo‘lib O‘zbekistonda muvaffaqiyatli o‘tkazilmoqda.
Bugungi kungacha klinik sinov talabiga muvofiq “vaksina/platsebo” sxemasi asosida 6 830 nafar ko‘ngilli emlangan, ularning birortasida o‘ta nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmagan.
“Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.,Ltd” kompaniyasi tomonidan mazkur vaksinani O‘zbekistonda mahalliylashtirish maqsadida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan bir qator farmatsevtika korxonalari faoliyati o‘rganildi, laboratoriya hamda texnik va ishlab chiqarish quvvatlarini inobatga olib, “Jurabek Laboratories” MCHJ QK tanlangan.
Koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlash tadbirlarini tashkillashtirish borasida ko‘rilayotgan choralar, “ZF-UZ-VAC 2001” vaksinasidan 1 million doza xarid qilish va mamlakat aholisini ixtiyoriy ravishda ommaviy emlash tadbirlariga yo‘naltirish masalalasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga muhokamaga kiritish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilindi.
Avvalroq, O‘zbekiston Xitoyning “ZF-2001” vaksinasi sinovi va klinik tadqiqotlariga qo‘shgan hissasini uchun mazkur preparatning hammuallifi sifatida tan olingani xabar qilingandi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15