O‘zbekiston Hukumati a’zosi 25 yilda birinchi marta Isroilga bordi

Jamiyat

image

O‘zbekiston hukumati a’zosi 25 yil ichida ilk bor Isroilga tashrif buyurdi. Bu haqda bugun, 25 may kuni “Yedioth Ahronoth” gazetasi xabar berdi. 

Nashrning yozishicha, O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev yahudiy davlatiga tashrif buyurib, u yerda energetika vaziri Isroil Kats va qishloq xo‘jaligi vaziri Avi Dixter bilan uchrashgan. Nashrning ta’kidlashicha, Isroil hukumati Hamroyevning tashrifiga katta ahamiyat bergan, chunki bu O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi a’zosining 1997 yildan buyon ushbu mamlakatga birinchi tashrifi bo‘lgan. 

O‘zbekiston vazirining Isroilga tashrifi aniq sanasi, muzokaralar mavzulari haqida ma’lumot berilmagan. Shuningdek, vazirlik saytida ham tashrif haqida ma’lumot yo‘q. 

Isroil va O‘zbekiston o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yilda o‘rnatilgan bo‘lib, ular butun tarixi davomida barqaror holatda bo‘lib kelgan. 1997 yil aprel oyida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Isroilga rasmiy tashrif bilan borgan. Tashrif davomida tomonlar bir qator shartnomalarni imzoladi. 1998 yil iyul oyida O‘zbekistonga Isroilning sanoat va savdo vaziri Natan Sharanskiy boshchiligidagi ishbilarmon doiralari delegatsiyasi tashrif buyurdi. O‘sha yilning 14-16 sentyabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Isroilda bo‘ldi. O‘zbekiston Isroil bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 10 ta davlatdan biridir.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Isroil Shavkat Hamroev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing