O‘zbekiston havo hujumidan himoya tizimini kuchaytiradi

Jamiyat

image

Shavkat Mirziyoyev O‘zLiDeP quroltoyida mamlakat mudofaa salohiyati va harbiy qudrati yanada mustahkamlanishini ma’lum qildi.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, dunyodagi hozirgi murakkab vaziyat, qo‘shni mintaqalardagi ziddiyat va qurolli nizolar O‘zbekistonning xavfsizligi va tinchligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratishni taqozo etmoqda.

Mirziyoyev kelgusida ham mamlakat mudofaa salohiyati va harbiy qudratini yanada mustahkamlash bo‘yicha aniq va manzilli ishlar davom ettirilishini ta’qidladi.

“Mamlakatimizni havo hujumidan himoya qilish tizimi ham davr talablaridan kelib chiqib yanada kuchaytiriladi. Chegaralarimiz xavfsizligini zamonaviy kommunikatsiya vositalari va texnik inshootlarni keng qo‘llash orqali yanada mustahkamlaymiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1100

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing