“Uzbekistan Airways” samolyoti Minskda uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi
Olam
−
17 yanvar 2022
11839“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toshkentdan uchayotgan A-320 samolyoti Minsk aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi, bortda jabrlanganlar va jarohatlanganlar yo‘q. Bu haqda aviatashuvchi matbuot xizmati xabar bergan.
“Uzbekistan Airways”ning Toshkent-Minsk reysidagi samolyoti dushanba kuni belgilangan aeroportga qo‘ngach, ob-havo sharoiti tufayli uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi”, degan aviakompaniya vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, favqulodda vaziyat natijasida bort shikastlanmagan, yo‘lovchilar jabrlanmagan. Ta’kidlanishicha, bortda 115 kishi bo‘lgan.
LiveBarchasi