“Uzbekistan Airports” direktori aeroportlarda sharoit yo‘qligini tan oldi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi aeroportlarda kafe, dorixona va boshqa xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini ochish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Uzbekistan Airports” AJ direktori Ra’no Jo‘rayeva ma’lum qildi.

“Aeroport ichida kafe ochishni rejalashtirmoqdamiz. Ayniqsa qishda reyslar yomon ob-havo sabab bekor qilinganda aeroport ichida yo‘lovchilar na choy icha oladi, na kofe, hattoki biror nima yeyishga ham imkon yo‘q. Shuningdek, mahalliy aeroportlar ichida ham umumiy ovqatlanishga imkoniyat yaratishga harakat qilamiz”, deydi Ra’no Jo‘rayeva. 

Jo‘rayevaning ta’kidlashicha, mahalliy aeroportlarning ichida dorixona, yo‘lovchilarga xizmat qilish joylari tashkillashtiriladi. 

“Qolaversa, mahalliy aeroport ichida hech bo‘lmasa 2-3 kvadrat metr  ajratib, dorixona va yo‘lovchilarga xizmat qilish joylarini tashkillashtirmoqchimiz. Chunki bular bizga qo‘shimcha daromad keltiradi. Hozirgi bizda bor sharoitlar ortidan joriy yilda daromadimiz 6 marttaga ko‘paydi”, deya qo‘shimcha qildi “Uzbekistan Airports” AJ direktori.


Maqola muallifi

Teglar

aeroport

Baholaganlar

206

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing