“Uzbekistan Airports” AJga yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

Javlonbek Oybekovich Umarxo‘jayev kecha, 20 iyun kuni “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, tayinlov kompaniyaning yagona aksiyadori hisoblangan Iqtisodiyot va moliya vazirligining qaroriga muvofiq amalga oshirilgan.

Ma’lumot uchun, Umarxo‘jayev tayinlovga qadar 2023 yil 9 avgustdan beri boshqaruv raisi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi lavozimida kompaniyaga rahbarlik qilgan.

Javlonbek Umarxo‘jayev mehnat faoliyatini 2008 yilda “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasida boshlagan. 2009-2018 yillarda MAK aviatsiya xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. 2018-2021 yillarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Toshkent-Sharq” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kapital qurilish direksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari va texnik direktori lavozimlarida ishlagan. 

2021-2023 yillarda “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining operatsion faoliyat bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

“Uzbekistan Airports”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing