O‘zbek jurnalistikasi og‘ir judolikka uchradi
Madaniyat-san’at
−
05 aprel 2023
29091Kecha, 4 aprel kuni O‘zbekiston televideniyesining taniqli jurnalisti Sohibjon Alijonov yurak huruji oqibatida 54 yoshida vafot etdi.
Sohibjon Alijonov uzoq yillar televideniye sohasida mas’ul lavozimlarda faoliyat olib borgan taniqli jurnalist, siyosiy dasturlar muallifi, ko‘plab jurnalistlarning ustozi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Sohibjon Alijonov 1968 yil 22 sentyabrda Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanining “Bag‘dod” qishlog‘ida tug‘ilgan. 1992 yilda Toshkent davlat madaniyat universitetini, 2003 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. O‘zbekiston teleradiokompaniyasidagi mehnat faoliyatini “Yoshlar” telekanalining “Davr” direksiyasida muharrir, bilim boshlig‘i lavozimlaridan boshlagan.2000-2006 yillarda Sohibjon Alijonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida, Prezidentning Madaniyat, matbuot va OAV bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmatida ishladi, bu yerda ham ustozlar maktabini o‘tagan. 2015-2019 yillarda esa “Mahalla” teleradiokanalining direktori, “O‘zbekiston 24” telekanalining bosh muharriri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
LiveBarchasi